01 may 10:53
Yangiliklar

Rasman! Orlovskiy 13 may kuni UFC turnirida oktagonga chiqadi, uning raqibi malum
Ushbu UFC oqshomi 13 may kuni AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida bo'lib o'tadi. SHu kuni Orlovskiy Filipp Linsga qarshi jang o'tkazadi.
Belaruslik bu sportchi og'ir vaznda sobiq UFC chempioni hisoblanadi. Orlovskiy o'zining "Instagram" sahifasida braziliyalik raqibiga qarshi o'tkazadigan jangi haqida "post" qoldirgan.
Malumot uchun, Orlovskiy o'tgan yili uchta jang o'tkazib, ularning ikkitasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. So'nggi jangida u 29 soniyada Jairzino Rozenstraykka UFC 244 turnirida mag'lub bo'lgandi. 41 yoshli Orlovskiy hisobida 28 g'alaba va 19 ta mag'lubiyat bor.
Filipp Lins esa UFC promoushenidagi debyut jangini o'tkazadi. U shu kungacha Bellator va PFL ligalarida o'z janglarini o'tkazib kelgan. 2018 yilda Filipp PFL chempioni ham bo'lgan.
Fikrlar