21 may 11:43
Yangiliklar

Rasman. Pakyao 20 iyul kuni Turmanga qarshi ringga chiqadi
Hozirda yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Pekmen hamda WBA chempioni amerikalik Kit Turman o'rtasidagi chempionlik jangi avval taxmin qilingadiek AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida emas, aksincha Los-Anjelesdagi MGM Grand Garden arenasida bo'lib o'tadi.
Jang g'olibi yarim o'rta vazn toifasida to'laqonli WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Turman hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini shu yilning yanvar oyida Xosesito Lopesga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Pakyao esa aynan yanvarda Edrien Bronerni mag'lub etgandi.
Malumot uchun, Menni Pakyao prof boksdagi faoliyati davomida 61 ta g'alabaga erishgan. Janglarning 39 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Ettida jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan va 2 jang durang bilan yakunlangan. Turman esa barcha 29 jangida zafar quchgan. Hisobida 22 ta nokaut bor.
Fikrlar