05 jan 16:28
Yangiliklar
Futbol
Rasman: "Paxtakor" Quvvatov qaytganini elon qildi (FOTO)
O'tgan mavsum "Qizilqum"da o'ynagan darvozabon Sanjar Quvvatov "Paxtakor" safiga qo'shildi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Tajribali darvozabon 2 yillik tanaffusdan so'ng yana jamoamiz safiga qaytdi. "Paxtakor" tarkibida 2019-23 yillar davomida 106 ta o'yinda maydonga tushgan Sanjar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekildi.
Quvvatov "SHerlar" tarkibida 5 marta O'zbekiston chempioni bo'lib, 2 martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogini qo'lga kiritgan", – deyiladi xabarda.


Championat.asia sayti ushbu transfer haqida 16 dekabr kuni xabar bergan edi, 5 yanvarga kelib bu xabar o'z tasdig'ini topdi.
Havola :
Fikrlar