21 jan 10:51
Yangiliklar
Futbol
Rasman: Ter SHtegen "Barselona"dagi 12 yillik faoliyatidan so'ng jamoasini o'zgartirdi
"Jirona" rasmiy saytida "Barselona"dan darvozabon Mark-Andre ter SHtegenni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgani haqida elon qildi.
Joriy mavsumda 33 yoshli darvozabon Ispaniya Kubogidagi bitta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi bilan "ko'k-anor ranglilar" o'rtasidagi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portalidagi malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 7 million evroni tashkil qiladi. Ter SHtegen 2014 yildan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda. U bu jamoa tarkibida CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan va Ispaniya chempionligini olti marta qo'lga kiritgan.

Havola :
Fikrlar