07 apr 08:26
Yangiliklar

Rasman. UFC 249 turniri o'tkaziladi, janglar tasdiqlandi (to'liq ro'yxat)
Turnir tashkilotchilari UFC 249 oqshomining faytkard, yani to'liq janglar ro'yxatini tasdiqlashdi va buni rasman keng ommaga elon qilishdi. Kechaning markaziy jangi engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun amerikalik Toni Fergyuson hamda Jastin Getji o'rtasida bo'lib o'tadi.
Xabaringiz bor, Getji amaldagi jahon chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedovning o'rnini egallagandi. Anderkard, yani nufuzi bo'yicha ikkinchi jang revansh maqomida bo'lib, unda Jessika Andrade va Rouz Namayunas oktagonda to'qnash kelishadi.
UFC 249 turnirining to'liq janglari ro'yxati:
Jastin Getji — Toni Fergyuson;
Jessika Andrade — Rouz Namayunas;
Greg Xardi — Yorgan De Kastro;
Visente Luke — Niko Prays;
Kelvin Kattar — Jeremi Stivens;
Jairzino Rozenstruyk — Frensis Ngannu;
Yuraya Xoll — Jakare Souza;
Aleksandr Ernandes — Omar Antonio Morales;
Marlon Vera — Rey Borg;
Maykl Jonson — Xama Vorti;
Sijara Yubenks — Sara Moras;
Rayan Spann — Sem Alvi.
Eslatib o'tamiz, ushbu oqshom doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov ham o'z jangini o'tkazishi kerak edi. Ammo, tashkilotchilar Muradovning Karl Robersonga qarshi jangini bekor qilish. Bu Mahmudning UFCdagi uchinchi jangi bo'lishi mumkin edi.
Fikrlar