07 iyu 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! UFC 251 turniri O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Turnir translyaciyasi UZREPORT-TV tomonidan amalga oshiriladi.
Bu haqida sharhlovchi Davron Fayziev xabar berdi.
"Janglar oroliga sizni taklif etamiz. Yil voqealaridan biri. Bir turnirning o'zida 3 ta chempionlik jangi. Markaziy to'qnashuv yarim o'rta vaznda mutloq chempion Kamaru Usman va UFC rekordchisi Xorxe Masvidal o'rtasida. Maks Xollouey - Aleks Volkanovski, Joze Aldo - Pyotr Yan, Rouz Namayunas - Jessika Andrade va yana ko'plab super janglar ham dasturdan o'rin olgan.
12 iyul yakshanba tongida jonli efirda birgalikda tomosha qilamiz", - deb xabar qoldirgan Davron Fayziev Telegramdagi kanalida.
Havola :
Manba : t.me/Davron_Fayziev
Fikrlar