11 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Yana bir o'zbek sportchisi UFCda, debyut sanasi va raqib ham aniq!
Avvalroq Adashev UFCga o'tishga yaqinligi xabar qilingandi.
O'zbekistonlik sportchi Zarrux Adashev UFC turnirida ishtirok etishi rasman tasdiqlandi.
Hamyurtimiz shu hafta Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga chiqadigan bo'ldi.
O'sha kuni Adashev amerikalik Tayson Nemga qarshi jang qiladi.
Malumot uchun, Adashevning MMAdagi ko'rsatkichi 3-1 ko'rinishida bo'lib turibdi. U bungacha janglarini "Bellator" promoushenida o'tkazardi. Uning raqibi Nem esa bu borada tajribaliroq. Taysonning bu boradagi rekordi 18-11-1 ni tashkil etadi. SHu yili fevral oyida elon qilingan reytingda u o'ta engil vaznning 15-pog'onasida qayd etilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar