14 may 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: “Zurdo” WBO chempionlik kamaridan voz kechdi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida WBO yo'nalashi chempioni bo'lib kelgan Xilberto “Zurdo” Ramires o'z kamarini vakant, yani egasiz qoldirdi.
Ramires bu haqda Butunjahon boks tashkilotiga rasmiy maktub yo'lladi. Aslida bu haqidagi xabar yarim yil avval paydo bo'lgan edi. Lekin rasman kecha elon qilindi.
Endi vakant bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun jangda Billi Jo Sonders hamda SHefat Isufi o'zaro to'qnash keladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi vice-prezidenti Karl Morettining aytishicha, Ramires faoliyatini yarim og'ir vaznda davom ettiradi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar