So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

22 fev 18:08
Yangiliklar

Boshqalar

Ravshan Ermatov Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining yangi binosi ochilish marosimida ishtirok etdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining yangi binosi ochilish marosimida ishtirok etdi

Joriy yilning 21 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi ijrosini taminlash, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida, Qashqadaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi bino foydalanishga topshirildi.

Mazkur binoning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzaev hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimi Qashqadaryolik sportchilar uchun katta bayram sayliga aylanib ketdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi, marosim davomida 126 nafar umumtalim maktablarining jismoniy tarbiya o'qituvchilariga trener-instruktorlik qilish uchun sertifikat va 26 ta sport talim muassasalariga Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan sport jihozlari ham topshirildi.


Tadbir davomida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzaevlar 5000 nafarga yaqin sportchi yoshlar bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov mamlakatimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportning yanada rivojlanishi yo'lida qilingan ishlar hamda erishilgan natijalar xususida to'xtalibgina qolmay, Qashqadaryo viloyat sportchi-yoshlariga yuqori natijalarga erishishlari uchun muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishlari, ko'zlangan maqsadga erishish uchun mustahkam iroda hamda tinimsiz mehnat talab etilishini va bu harakatlar albatta o'z natijasini berishini takidlab o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing