So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

14 iyu 18:14
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Ermatov U-20 Jahon chempionati sanasi, yangi stadion ochilishi hamda Osiyo kubogi mezbonligi haqida gapirdi

Teglar :  Ravshan Ermatov
O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatimiz futbolidagi yirik loyihalar, xususan, 2027 yilda bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionati hamda infratuzilmadagi yangilanishlar haqida malumot berdi.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni
2027 yil bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi mundialni O'zbekiston va Ozarbayjon davlatlari birgalikda qabul qiladi. Kichik mundial kuz oylarida (sentyabr-oktyabr) o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish maqsadida FIFA bilan hamkorlikda maxsus mahalliy tashkiliy qo'mita – "LOC" ishchi guruhi tuzilgan. Hozirgi kunda mazkur guruh tomonidan barcha muhim yo'nalishlar bo'yicha ishlar olib borilmoqda:

  • Stadionlar va mashg'ulot maydonlarining holati;

  • Mehmonxonalar va yo'l infratuzilmasi;

  • CHiptalar sotuvi (tiketing) va marketing masalalari.

Yangi Toshkentda barpo etilayotgan zamonaviy stadion
Mezbonlik doirasidagi eng yirik loyihalardan biri – Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy stadion hisoblanadi. Ravshan Ermatovning takidlashicha, mazkur o'yingoh aynan 2027 yilgi Jahon chempionati arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan va bu xalqimiz uchun yana bir muhtasham sport inshooti sifatida taqdim etiladi.

Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish rejalari
SHuningdek, O'FA rasmiysi infratuzilmaviy yangilanishlar kelgusida yanada yirik turnirlarni qabul qilishga zamin yaratishini aytib o'tdi. Malumki, O'zbekiston o'z tarixida hali biror marta milliy terma jamoalar o'rtasidagi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmagan. Bunga asosan stadionlar sig'imi va infratuzilmadagi ayrim kamchiliklar sabab bo'lgan.

Ammo Yangi Toshkentdagi stadionning qurilishi, mavjud o'yingohlarning rekonstrukciya qilinishi va yangi arenalarning foydalanishga topshirilishi bu boradagi imkoniyatlarni kengaytiradi. Kelajakda O'zbekiston bunday yirik musobaqalarni, jumladan, kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogini qo'shni davlatlar bilan hamkorlikda o'zida qabul qilishni maqsad qilgan. Ravshan Ermatov ushbu tashabbus o'zbek futboli muxlislariga manzur bo'lishiga umid bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing