So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

06 sen 07:41
Yangiliklar

Boshqalar

Ravshan Ermatov Qoraqalpog'iston Respublikasidagi sport talim muassasalarining o'quv mashg'ulotlar jarayoni bilan tanishdi

Teglar :  Ravshan Ermatov
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat safarida bo'lib turibdi.

Safar davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi sport obektlari holatini ko'zdan kechirish, hududda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Jumladan, Nukus olimpiya zaxiralari kollejida yangidan barpo etilgan 150 o'rinli yotoqxona, kollejning asosiy o'quv binosi, futbol stadionining hozirgi holati, sport zallarida tashkil etilgan davolash markazida yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi.

SHundan so'ng, Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, bu erdagi bolalar-o'smirlar sport maktabida amalga oshirilayotgan ishlar, sport sekciyalari faoliyati, o'tkazilayotgan mashg'ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Sportchi yoshlar bilan uchrashuv chog'ida hududda sportni rivojlantirish borasidagi dolzarb muammolar yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

SHuningdek, Beruniy tumani bolalar-o'smirlar sport maktabida ham bo'lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Kegeyli tumani bolalar-o'smirlar sport maktabiga tashrif davomida bu erda tashkil etilgan sport sekciyalari hamda sport mashg'ulotlari, ularning sifatini o'rganish jarayonida futbol stadioni hamda o'quv binosining umumiy holati qoniqarsizligi aniqlandi. O'z navbatida bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbariyatiga aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Taxtako'pir hamda Bo'zatov tumanlaridagi bolalar-o'smirlar sport maktablari qoshida yangidan qurilgan 50x100m. o'lchamdagi suniy qoplamali futbol stadioni 1000 nafar tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, bu erda yaratilgan shart-sharoitlar bemalol respublikamiz miqyosidagi musobaqalarni ham o'tkazish imkonini beradi. Safar davomida masul rahbarlarga sport inshootlaridan samarali foydalanish va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish vazifasi yuklandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing