09 avg 08:22
Yangiliklar
Ravshan Ermatovni tabriklaymiz!
Ravshan Sayfuddinovich Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni tug'ilgan. FIFA referisi sifatida faoliyat olib borgan Ravshan Sayfuddinovich futbol bo'yicha jahon chempionatlarida eng ko'p o'yin boshqargan hakamdir. Hamyurtimiz JAR-2010 mundialida 5 ta, Braziliya-2014 mundialida 4 ta va Rossiyada o'tgan jahon chempionatida 2 ta, jami 11 ta uchrashuvni boshqarib borgan.
Bir necha bor klublar o'rtasidagi JCH, Osiyo kubogi va OCHL va boshqa nufuzli musobaqalarning asosiy o'yinlarida hakamlik qilgan. 2015-yil esa jahonning eng yaxshi referisi deb topilgan. Ravshan Sayfuddinovichnnig bunday xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib, «Buyuk xizmatlari uchun» va “El-yurt hurmati” ordenlari, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Hozirda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
Fursatdan foydalanib, Ravshan Ermatovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.
Fikrlar