18 may 22:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Ravshan Umurzoqov afrikalik raqibiga qarshi jang o'tkazdi
Professional bokschimiz Ravshan Umurzoqov Rossiyaning Ekaterinburg shahrida navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga Janubiy Afrika Respublikasidan tashrif buyurgan Entoni Moloysan raqiblik qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Ravshanbek shu kungacha prof boksda 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'olib bo'lgandi (6 ta nokaut). Afrikalik bokschi esa bungacha 15 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 11 tasida g'olib bo'lgan (7 ta nokaut). 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan (1 ta nokaut) va bitta durangga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar