05 may 11:17
Yangiliklar

Rayder vaqtinchalik WBA kamarini qo'lga kiritdi
Rayder bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan boks oqshomida ushbu chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Jon avstraliyalik 25 yoshli Bilal Akkaviga qarshi ringga ko'tarildi.
Rayder jangning uchinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi. Bu Bilal uchun faoliyatidagi ilk mag'lubiyat edi. Rayder uchinchi raundda ikki bor Akkavini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Navbatdagi zarba berilishi oldidan esa referi Jey Neydi jangni to'xtatdi.
Aslida Rayder o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni David Lemega qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Lekin jarohat sabab David bu jangda qatnasha olmadi. Uning o'rnini esa Akkavi egalladi. Bu vaznda WBA Super chempionlik kamari boshqa bir britaniyalik bokschi Kallum Smitga tegishli.
Fikrlar