11 fev 09:57
Yangiliklar
Futbol
"Real" afsonalari "Barselona" yulduzlarini mag'lub etdi
Kosta-Rikada Madridning "Real" hamda Kataloniyaning "Barselona" klublari afsonalari ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Maydonga Ronaldino, Iker Kasilyas, Karles Puyol kabi o'z davrining mashhur yulduzlari tushishdi. Uchrashuvda "Qirollik klubi" afsonalari 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida yarim himoyachi Antonio Nunes "Real"ni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o'tib, yarim himoyachi Guti "qaymoqranglar" ustunligini yanada mustahkamladi.
"Real" tarkibi: Kasilyas, Pepe, Fernando Sans, Raul Bravo, Ivan Kampo, Makelele, Guti, De la Red, Nunes, Kongo, Balboa.
"Barselona" tarkibi: Bayya, Montoyya, Puyol, Valente, Navarro, Mendeta, Krosas, Koku, Jyuli, Rivaldo, Ronaldino.
Havola :
Manba : fcbarcelona.com
Fikrlar