08 mar 15:18
Yangiliklar
Futbol
"Real" APL grandlari bilan kurashmoqchi
Madridning "Real" klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonaliga qiziqish bildirmoqda.
Yozgi transfer oynasi yaqinlashib kelayotgan bir paytda, Tonalining "Nyukasl"dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar kuchayib bormoqda. Avvalroq, Sandroga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Arsenal" kabi jamoalar qiziqayotgani xabar berilgandi. The Sun nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" 25 yoshli italiyalik futbolchi uchun Premer-liga gigantlari bilan raqobatlashishi mumkin.
"Real Madrid" skautlari kecha kechqurun "Nyukasl" va "Siti" o'rtasidagi Angliya Kubogi beshinchi bosqich o'yinida "Sent-Jeyms Park"da tomosha qilishgan. Ingliz jamoasi yarim himoyachining transferi uchun 100 million evro talab qilmoqchi.

Havola :
Fikrlar