27 jan 19:20
Yangiliklar
"Real" braziliyalik himoyachiga ko'z tikdi
Jurnalist Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, 23 yoshli braziliyalik futbolchiga Angliyaning "CHelsi" va "Nyukasl" jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, Sevilya klubi rahbariyati 2030 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnomasi mavjud bo'lishiga qaramay, futbolchi uchun 40-50 mln evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra esa Natanning transfer qiymati 20 mln evroni tashkil etadi.
Natan joriy mavsum barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. La Liganing 21-turidan so'ng "Real" 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Barselona"dan bir ochkoga ortda qolmoqda. "Betis" esa 32 ochko bilan oltinchi pog'onaga joylashgan.

Fikrlar