17 sen 16:39
Yangiliklar
Futbol

"Real" CHempionlar ligasida penaltilar soni bo'yicha rekordchi bo'ldi
"Real" CHempionlar ligasida eng ko'p penalti tepish bo'yicha rekord o'rnatdi.
CHL umumiy bosqichi 1-turida madridliklar "Marsel"ni (2:1) mag'lub etdi, ikkala gol penaltidan urildi – Kilian Mbappe ikki marta nishonda adashmadi.
CHempionlar ligasida "Real" foydasiga 63ta penalti belgilandi – bu boshqa har qanday jamoaga nisbatan ko'proq. Kechagi o'yindan so'ng madridliklar bu ko'rsatkich bo'yicha "Bavariya"ni (62ta penalti) ortda qoldirdi.
CHempionlar ligasida 11 metrlik jarima to'plari soni bo'yicha uchinchi o'rinda "Barselona" (56ta), undan keyin "Manchester Siti" (37ta) va "Arsenal" (36ta) joylashgan.
Havola :
Manba : Stats du Foot
Fikrlar