09 jan 14:10
Yangiliklar
Futbol
"Real" etakchisi finalda o'ynashi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'ynashi mumkin.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Xabi Alonso bu haqda yarim finalda "Atletiko Madrid" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng malum qildi.
"U keyingi 24 soat ichida Saudiya Arabistoniga keladi. Kilian o'zini ancha yaxshi his qilmoqda. Uning finalda o'ynash imkoniyati bor", - deb fikr bildirdi Alonso.
Mbappe bundan oldin tizzasidai jarohati tufayli La Liganing 18-turida "Betis"ga qarshi 5:1 hisobida yakunlangan o'yinni ham o'tkazib yuborgan edi.

Havola :
Fikrlar