17 okt 13:28
Yangiliklar
Futbol

"Real" futbolchilari BMW avtomobillarini qabul qilib olishdi + FOTO
Madridning "Real" klubi hamkori BMW kancerni jamoa futbolchilariga yangi avtomobillarni taqdim etdi.
Futbolchilar orasida eng qimmat avtomobillarga Tibo Kurtua, Jud Bellinggem, Rodrigo, Din Xeysen, Braxim Dias va Ferlan Mendi ega bo'lishdi. Ular qiymati 200 ming evro bo'lgan XM modellarini tanlashdi.
BMW i7 avtomobilini Kilian Mbappe, Vinisius, Arda Guler, Eder Militao, Daniel Karvaxal, Antonio Ryudiger, Alvaro Karreras, Endrik, Raul Asensio va, shuningdek, bosh murabbiy Xabi Alonso tanlashdi. Ushbu avtomobilning narxi 135 ming evro.
SHuningdek, Andrey Lunin M5 (160 ming evro), Trent Aleksander-Arnold va Eduardo Kamavinga iX (80 ming evro) va Gonsalo Garsiya i5 (70 000 evro), Franko Mastantuono i4 (narxi 50 000 evro) kabi avtomobillarga ega bo'lishdi.
Havola :
Fikrlar