31 jan 14:39
Yangiliklar
Futbol
"Real" ikki sababga ko'ra Portugaliya terma jamoasi azosidan voz kechdi
"Al Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh Madridning "Real" klubiga o'tmaydi.
Ispaniya grandi Evropaning boshqa top-klublari qatorida 28 yoshli futbolchiga davogarlar qatorida tilga olingandi.
“Qaymoqranglilar" portugaliyalik nomzodini ikki sababga ko'ra ko'rib chiqishdan bosh tortgan - uning yoshi va qishki transfer oynasida futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishni istamagani.
Mish-mishlarga ko'ra, Neveshning o'zi faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi bo'lgan. "Vulverxempton" sobiq yulduzining "Al Hilol" bilan amaldagi shartnomasi yarim yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Xavbekning transfer narxi Transfermarkt tomonidan 25 mln evroga baholanmoqda.
Havola :
Manba : COPE
Fikrlar