02 fev 16:52
Yangiliklar
Futbol
"Real" jarohat olgan Bellingemning tashxisini malum qildi
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemda chap oyoq mushaklari jarohati aniqlangan, deb xabar berdi Madrid klubi matbuot xizmati.
"Real" yakshanba kuni Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida "Rayo Valekano"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bellingem uchrashuvning 8-daqiqasidayoq jarohat oldi va ko'zyoshlari bilan maydonni tark etdi.
"O'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko'ra Bellingemda chap oyoq yarim pay mushagi jarohati aniqlandi", – deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.
"Marca"ga ko'ra, 22 yoshli angliyalik xavbekning tiklanishi uchun taxminan 1 oy vaqt kerak bo'ladi.
Bellingem joriy mavsum barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar