14 dek 15:35
Yangiliklar
Futbol
"Real" Kamavingaga narx qo'ydi
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.
Madrid klubi francuz bilan xayrlashishga tayyor. "Qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchining jarohat olganidan xavotirda.
"Real" Kamavinga bo'yicha 100 mln evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Uni sotishdan tushgan mablag' yangi xavbeklar sotib olishga sarflanadi.
Avvalroq matbuotda Kamavinga PSJ va APLning bir qator klublari qiziqishlari doirasiga kirishi haqida yozgandi.

Havola :
Fikrlar