20 avg 09:58
Yangiliklar
Futbol
“Real” Kazemironing o'rniga kimni olib kelmoqchiligi malum
“Real” yarim himoyachisi kecha rasman “Manchester Yunayted” azosiga aylandi.
Madridliklar tajribali futbolchining o'rnini to'ldirish maqsadida “Tottenxem” xavbeki Per-Emil Xeyberg bilan shartnoma imzolamoqchi. “Real” ustozi Karlo Anchelotti “Everton”ni boshqargan davrida ham daniyalikni o'z jamoasida ko'rishni xohlagan, ammo Xeyberg “shporlar” safiga ko'chib o'tgandi.
Transfer amalga oshishdagi asosiy omil esa Xeyberg muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishidadir. U JCH-2022'gacha o'z formasini saqlab qolmoqchi.
27 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum APLda 36 bahsda qatnashib, 2+2 natija ko'rsatdi.
Havola :
Manba : The Telegraph
Fikrlar