16 mar 12:30
Yangiliklar
Futbol
"Real" kutilmagan transferga tayyorlanmoqda
"Haberler" malumotlariga ko'ra, klub hujumchi uchun 80 dan 110 million evrogacha taklif tayyorlab qo'ygan.
Madridning "Real" jamoasi o'z hujum chizig'ini kuchaytirish istagida "Galatasaroy"ning nigeriyalik azosi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Xabarda aytilishicha, Osimxen "qaymoqranglilar"ning transfer ro'yxatidagi asosiy ustuvorliklardan biri hisoblanadi. Klub prezidenti Florentino Peres bu transferni ijobiy baholaydi va hujumchini kelasi mavsum uchun asosiy maqsad deb biladi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli hujumchi "Napoli"dan 75 million evroga "Galatasaroy"ga o'tgan va jamoada asosiy shaxsga aylangan. U ushbu mavsum istanbulliklar tarkibida 27 o'yinda 18 ta gol urdi va 7 ta samarali uzatma berdi.

Havola :
Fikrlar