08 dek 07:11
Yangiliklar
Futbol
"Real" o'z uyida "Selta"ga yutqazdi, Garsiya va Kasseras qizil kartochka oldi
Ispaniya La Ligasining 15-tur doirasidagi "Real" - "Selta" o'yini kutilmagan natija bilan yakuniga etdi.
Uchrashuvda Villiot Svedberg 53-daqiqada juda chiroyli gol urib, hisobni ochdi. O'yinning 64-daqiqasida Fran Garsiya ketma-ket ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
Alvaro Karreras 90+2-daqiqa hakam bilan tortishuvdan so'ng chetlatildi. Villiot Svedberg esa 90+3-daqiqada Tibo Kurtuani aylanib o'tib, o'yinga nuqta qo'ydi.



Havola :
Fikrlar