29 jan 17:44
Yangiliklar
Futbol
"Real" Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda
"Real" maydon markazini kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
COPE'ning xabar berishicha, yozda "Real" yarim himoyaga Ruben Neveshni olib kelishi mumkin.
Madridliklar Nevesh uchun transfer puli to'lamaydi. Portugaliyalik futbolchining "Al Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Mart oyida 29 yoshga to'ladigan Ruben Madridga erkin agent sifatida ko'chib o'tishi mumkin.
Avvalroq Evropa maydonlarida Ruben Nevesh "Portu" va "Vulverxempton" jamoalari sharafini himoya qilgan. U Portugaliya milliy terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Terma jamoa safida Ruben 63 o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Havola :
Fikrlar