25 okt 17:08
Yangiliklar
Futbol
"Real" va APLning to'rt grandi Yildizga davogarlik qilmoqda
"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz tobora Evropa grandlarining transfer maqsadlari qatoridan joy olmoqda.
20 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini Madridning "Real", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "CHelsi" klublari vakillari diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb yozadi jurnalist Ekram Konur. "Keksa sinora" rahbariyati hamon turk bilan shartnomani uzaytirish va maoshini oshirish niyatida.
Kenan Yildizning transfermarkt portalidagi narxi 75 mln evroga baholanmoqda. Futbolchi joriy mavsumda "Yuventus" safida 10 ta o'yinda 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Havola :
Fikrlar