25 fev 12:20
Yangiliklar
Futbol
"Real" va "Man Siti" italiyalik himoyachi uchun kurashmoqda
Madridning "Real", "Manchester Siti" va "Liverpul" "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazoga qiziqish bildirmoqda.
Yanvar oyida Turin klubi futbolchi uchun €50 mln taklifni rad etgan. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Malumotga ko'ra, Italiya grandi 26 yoshli o'yinchini sotmoqchi emas, lekin €60-70 mln taklif kelsa, bu imkoniyatni ko'rib chiqishi mumkin.
Joriy mavsumda Kambyazo barcha turnirlar doirasida 35 o'yinda ishtirok etib, 2 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi €30 mln ni tashkil etadi.
Havola :
Manba : Caught Offside
Fikrlar