So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 mar 18:17
Yangiliklar

Futbol

"Real" va Mbappe vakillari o'rtasida ziddiyat: Kilianning jarohati kutilganidan jiddiyroq va u "Man Siti"ga qarshi o'ynashni istamayapti

Teglar :  RealMbappe
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappening tizzasidan olgan jarohati klub rahbariyati baholayotganidan ko'ra ancha xavfliroq bo'lishi mumkin.

Tomonlar tiklanish jarayoni va muddatlari borasida turlicha fikrda.

"Real"ning rejasi qanday edi?

Avvalroq "Madrid" franciyalik hujumchining tizza paylari cho'zilganini va u taxminan 3 haftani o'tkazib yuborishini malum qilgan edi. "Cadena SER" nashrining xabar berishicha, klub Mbappening 17 mart kuni CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechadigan o'ta muhim javob o'yinida maydonga tusha olishiga to'la ishonmoqda.

Mbappe atrofidagilar nima demoqda?

Biroq futbolchining vakillari bu bahoga umuman qo'shilmayapti. Ularning takidlashicha, Kilianning jarohati ko'ringanidan ko'ra ancha jiddiy va JCH-2026 musobaqasi boshlanishiga atigi 100 kun qolgan bir paytda tavakkal qilish yaramaydi. Franciya terma jamoasi sardori mundialgacha to'liq sog'ayib olishni maqsad qilgan.

Jurnalist Anton Meana Mbappe vakillarining poziciyasini quyidagicha keltirib o'tdi:

"O'yinchining chap tizzasidagi orqa xochsimon paylari uzilish arafasida turibdi. Tibbiy xulosada yozilgani uchun buni shunchaki "pay cho'zilishi" deb atay qolaylik, ammo jarohat haqiqatan ham o'ta jiddiy. Jahon chempionatiga to'liq tiklanib borishi uchun unga mana shu 100 kun suv va havodek zarur".

SHu sababli, Mbappening vakillari "Real" tomonidan belgilangan tezlashtirilgan tiklanish grafigiga norozilik bildirmoqda. "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushish katta risk va Mbappe bunday tavakkalga qo'l urmoqchi emas", — deb qo'shimcha qildi Meana.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing