22 jan 16:39
Yangiliklar
"Real" va Vinisius shartnoma bo'yicha muzokaralarda oldinga siljidi
"Diario AS" malumotlariga ko'ra, Vinisius va "Real" yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarda muayyan natijaga erishdi. Ikki tomon ham optimistik kayfiyatda va jarayon ijobiy yo'nalishda ketmoqda.
Qayd etish joizki, "qaymoqranglilar" CHempionlar Ligasining 7-turida "Monako"ni 6:1 hisobida tor-mor etdi, o'sha o'yinda 25 yoshli Vinisius ham gol muallifi bo'ldi. SHu tariqa, u CHempionlar Ligasidagi gollari soni bo'yicha Kaka bilan tenglashdi — har ikkisida ham 30 tadan gol bor. Braziliyalik futbolchilar orasida esa etakchilik "Barselona" va PSJ sobiq vingeri Neymarga tegishli — u 43 ta gol bilan peshqadam.
Vinisius jamoadoshlari bilan bir-birini qo'llab-quvvatlashi va kiyinish xonasida haqiqiy jipslik his etilayotganini malum qilgan edi.

Fikrlar