So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

20 fev 17:00
Yangiliklar

Futbol

"Real" Vinisiusga nisbatan irqchilik haqoratlari ishi bo'yicha UEFAga dalillarni topshirdi

Teglar :  Real Madrid
Madridning "Real" klubi UEFA Vinisius Juniorga nisbatan ehtimoliy irqchilik haqoratlari yuzasidan intizomiy tergov boshlaganidan so'ng rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Hodisa 17 fevral kuni Lissabonda CHempionlar Ligasidagi ilk pley-off o'yinida "Benfika"ga qarshi bahs (1:0) vaqtida sodir bo'ldi.

Klub xabarida takidlanishicha, UEFAga Portugaliya poytaxtidagi stadionda bo'lib o'tgan voqea bilan bog'liq barcha mavjud materiallar va dalillar allaqachon taqdim etilgan. "Real" Evropa futbol tashkiloti bilan boshlangan tergov doirasida faol hamkorlik qilayotganini bildirgan.

SHuningdek, bayonotda futbol jamoatchiligiga Vinisiusni qo'llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik bildirgan. Klub butun dunyo bo'ylab futbolchilar, jamoalar va muxlislar tomonidan ko'rsatilgan hamjihatlikni qadrlashini takidlagan.

Madridliklar sportda ham, sportdan tashqarida ham irqchilik, zo'ravonlik va nafratga qarshi kurashish uchun tegishli institutlar bilan hamkorlikni davom ettirish niyati borligini ham tasdiqlagan.

UEFA taqdim etilgan materiallarni o'rganib, reglamentda belgilangan tartibda tergov yakunlariga ko'ra qaror qabul qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing