06 fev 14:32
Yangiliklar
Futbol
"Real" yanvarda nega hech kim bilan shartnoma tuzmagani malum bo'ldi
Madridning "Real" klubi yanvar oyida birorta ham yangi futbolchini tarkibga qo'shmadi.
Klubda mavsum o'rtasida kuchayish zarur emas, degan xulosaga kelingan, deya xabar bermoqda "Marca".
Himoyachilar jarohatlanganiga qaramay, "qaymoqranglilar" transferga qo'l urmadi. Rahbariyatning fikricha, mavjud tarkib milliy chempionat va CHempionlar Ligasida g'alaba uchun kurashishga etarlicha katta.
SHu bilan birga, "Real"da kadrlar bilan bog'liq muammolar mavjud: "Qirollik klubi"ning jarohatlangan futbolchilari orasida himoyachilar Ferlan Mendi, Eder Militao, Antonio Ryudiger, shuningdek, yarim himoyachi Jud Bellingem qolmoqda.

Havola :
Fikrlar