19 mar 15:39
Yangiliklar
Futbol
"Real"ning 18 yoshli futbolchisi ECHLda rekord o'rnatdi
Madridning "Real" jamoasida yangi yulduz porlamoqda va u allaqachon tarixiy natijaga erishdi.
18 yoshli Tyago Pitarch klub tarixiga o'z nomini yozib qo'ydi: u "Real" safida CHempionlar Ligasi pley-off bosqichining ikkita o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu natijaga erishgan paytda u atigi 18 yosh va 226 kunlik edi.
"Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Siti"dan 5:1 hisobida ustun kelib, chorak finalga yo'l oldi va bu bosqichda "Bavariya" bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Managing Madrid
Fikrlar