07 noy 11:53
Yangiliklar
Futbol
"Real"ning asosiy futbolchisi jarohat oldi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni jarohati sabab uch haftaga safdan chiqdi, deb xabar beradi AS.
Madrid klubi franciyalik futbolchining chap oyog'idan jarohat olganini elon qildi.
25 yoshli Tchuameni 9 noyabr kuni La Liga 12-turidan o'rin olgan “Rayo Valekano”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi va Franciya terma jamoasiga ham chaqirilmaydi. "Real" yarim himoyachi 26 noyabr kuni "Olimpiakos"ga qarshi CHempionlar ligasi o'yiniga tayyor bo'lishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda Orelen Tchuameni La Liganing 11 ta o'yinida va CHempionlar ligasining 4 ta o'yinida maydonga tushdi.

Havola :
Fikrlar