15 fev 11:46
Yangiliklar
Futbol
Reshford yana "Barselona" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
"Barselona" vingeri Markus Reshford hamon jarohatini davolay olmadi.
Angliyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Jurnalist Viktor Navarroning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etmagan — u hamon tizzasida noqulaylikni his qilmoqda. Rafinya esa aksincha, rejalashtirilganidek mashg'ulotlarga qaytdi.
"Ko'k-anorranglilar" dushanba kuni La Liga doirasida "Jirona" mehmoni bo'ladi.
Markus Reshford joriy mavsumda 34 ta o'yinda 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar