11 fev 11:54
Yangiliklar

Reyting. Fayziev ko'tarildi, Istomin o'z o'rnida, TOP-10 ham o'zgarishsiz
Reytingda O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi - 106-pog'ona! Lekin 20 ochko yo'qotdi. Hamyurtimiz o'tgan hafta Sofiyadagi turnirda ishtirok etgan va ilk davradayoq italiyalik Matteo Berrettiniga yutqazib qo'ygandi.
Yana bir tennischimiz Sanjar Fayziev esa ikki pog'onaga yuqorilashga erishdi. Dunyo tennischilari reytingida hamon Avstraliya Ochiq chempionati g'olibi serbiyalik Novak Jokovich karvonboshilik qilyapti. O'tgan haftada bo'lgani kabi bu safar ham Top-10talikda hech qanday o'zgarish kuzatilmadi.
ATP reytingi. 11 fevral kungi holat:
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) – 10 955
2 (2). Rafael Nadal (Ispaniya) – 8320
3 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) – 6475
4 (4). Xuan-Martin del Potro (Argentina) – 5060
5 (5). Kevin Anderson (JAR) – 4845
6 (6). Rojer Federer (SHveycariya) – 4600
7 (7). Key Nisikori (Yaponiya) – 4100
8 (8). Dominik Tim (Avstriya) – 3960
9 (9). Jon Izner (AQSH) – 3155
10 (10). Marin CHilich (Xorvatiya) – 3140...
106 (106). Denis Istomin (O'zbekiston) – 522
386 (387). Humoyun Sultonov (O'zbekiston) – 41
533T (533). Farrux Do'stov (O'zbekiston) – 8
558 (560). Sanjar Fayziev (O'zbekiston) – 7
579T (580). Sergey Fomin (O'zbekiston) – 5
Fikrlar