11 okt 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/20690_220.jpg)
Rigondo: "Afsonaviy Lomachenkoni mag'lub etmoqchiman"
Ikkinchi engil vazn toifasida jahon chempioni Gilerme Rigondo Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang haqida gapirib o'tdi.
"Mana shunday tarixiy jang ishtirokchisi bo'layotganimdan xursandman. Men Lomachenkoga qarshi jangni uzoq vaqt kutdim. Ushbu jangni tashkil qilganliklari uchun Roc Nation va Top Rank kompaniyalariga rahmat. Janglarda vazn toifalari emas, bokschilar g'alaba qozonadilar. Men o'zimning eng yaxshi jangimni o'tkazib, afsonaviy Olimpiyachi Lomachenkoni mag'lub etmoqchiman", - deydi kubalik bokschi.
Eslatib o'tamiz, ikki karra Olimpiada chempionlari Vasiliy Lomachenko hamda Gilerme Rigondolar o'rtasidagi jang 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O'sha kuni jang oqshomida hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar