13 may 20:25
Yangiliklar

Rim. Arina Sobolenko Amanda Anisimovani mag'lub etib, yarim final ishtirokchisiga aylandi
Jahonning sakkizinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko turnirning chorak finalida WTA reytingida 32-o'rinni egallab turgan amerikalik Amanda Anisimovani uch setda 4/6, 6/3, 6/2 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi.
Uchrashuv 1 soat 53 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida 24 yoshli Sobolenko bitta eys zarbasini amalga oshirib, to'pni o'yinga kiritishda sakkiz marta xatoga yo'l qo'ydi va ettita breykdan unumli foydalandi. 20 yoshli Anisimova esa etti marta qo'sh xatoga yo'l qo'yib, beshta breyk qayd etdi. Sobolenko tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni qisqartirdi - 1:4.
Rimdagi musobaqaning yarim finalida Sobolenko polshalik Iga Svyontek yoki kanadalik Byanka Andreeskuga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar