21 may 11:10
Yangiliklar
Tennis

Rim (ATP): Jokovich finalda Zverevga qarshi kortga chiqadi
Italiya Rim shahrida “Master” seriyasiga kiruvchi Internazionali BNL d’Italia tennis turniri ham yakuni sari yaqinlashmoqda.
ATP 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli musobaqaning sovrin jamg'armasi 4 273 775 dollarni tashkil qiladi. Bugun bosh mukofot uchun kechadigan final bahsida serbiyalik Novak Jokovich germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Yarim final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lgan Jokovich avstriyalik Dominik Timga bor yo'g'i bitta geymni yutqazdi - 6:1, 6:0. Everev esa amerikalik Jon Iznerdan 6:4, 6:7(5), 6:1 hisobida ustun keldi.
Yarim final:
Aleksandr Zverev (Germaniya, 16) – Jon Izner (AQSH) – 6:4, 6:7(5), 6:1
Novak Jokovich (Serbiya, 2) – Dominik Tim (Avstriya, 8) – 6:1, 6:0
Havola :
Fikrlar