12 may 11:29
Yangiliklar
Rim "Masters". Amaldagi chempion qiyin g'alaba bilan boshladi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi ikkinchi davradan bahslarga qo'shildi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 40-pog'onada borayotgan britaniyalik Jek Dreyperni biroz qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 3, Dreyper 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar buning aksi bo'lsa - 2 ga 3, Jek "foydasiga". Daniil 5, Dreyper 3 ta breykka erishgan.
Endi Daniil Medvedev Internazionali BNL d'Italia turnirining uchinchi bosqichida Xamad Mejedovichga qarshi kortga chiqadi. Serbiyalik tennischi ikkinchi davrada ispaniyalik Alexandro Davidovich-Fokinani 7/6(4), 6/4 hisobida taslim etdi.
Fikrlar