11 may 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Ringga qaytgan Xolifild ilk raqibi haqida gapirdi, Evander bu bokschidan ikki bor engilgan
Superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Evander Xolifild faoliyatini qayta tiklash istagida ekanini malum qilgan edi.
Xolifild ilk ko'rgazmali jangini yana bir afsona Riddik Bouga qarshi o'tkazish uchun harakat qiladi.
"Muzokaralarni menejerim olib boryapti. U Mayk Tayson bilan ham gaplashdi. SHaxsan o'zim jon deb Riddik Bouga qarshi ringga ko'tarilgan bo'lardim", - dedi Xolifild.
Eslatib o'tamiz, Xolifild va Bou 1992, 1993 va 1995 yillarda uch marotaba to'qnash kelishgan. Janglarning ikkitasida Riddik, yana birida Evander g'alaba qozongan. Amerikalik 57 yoshli Xolifild to'rtinchi jangda muvozanatni tiklab qo'ymoqchi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar