03 avg 12:43
Yangiliklar
Tennis

Rio-2016. Vavrinka Olimpiadada ishtirok etmaydi
SHveycariyalik tennischi Sten Vavrinka Rio-de-Janeyro shahrida start olish arafasida turgan olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaydi.
Bu haqida Le Matin xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, dunyo tennischilari reytingida kuchli beshlikda borayotgan tennischining jarohati bunga sabab bo'lgan. Avvalroq, SHveycariya terma jamoasi azolaridan Rojer Federer va Belinda Benchichlar ham Olimpiadaga bormaslikka qaror qilishgandi.
Eslatib o'tamiz, Vavrinka 2008 yili Pekin Olimpiadasining juftlik bahslarida Federer bilan birga oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : Le Matin
Fikrlar