11 mar 21:41
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer 2020 yilning yanvaridan beri qozonilgan ilk g'alabasi haqida fikr bildirdi
Australian Open-2020'dan so'ng 39 yoshli Rojer tizzasidan ikki marta operaciya qilindi va 1 yildan oshiqroq vaqt davomida musobaqalarda ishtirok etmadi.
Doha turnirining ikkinchi davrasida britaniyalik Daniel Evans ustidan qozonilgan g'alaba Rojer Federer uchun o'tgan yilning yanvaridan beri birinchisi bo'ldi.
"Kortga qaytish juda yoqimli. Uchrashuv juda zo'r bo'ldi. Den ham ajoyib o'ynadi. Biz oxirgi haftada 20 dan ko'proq setli o'yin o'tkazgan juftlik bo'ldik. Men o'z darajamdan juda mamnunman. Uchrashuvni bekxend bilan yakunlash juda ajoyib.
Men o'zimni yaxshi his qilyapman. Bu men uchun uzoq va mashaqqatli safar bo'ldi. Meni yoshimda bu juda katta muammo, ammo mening yonimda ajoyib jamoam bor. SHuning uchun ham men bunga erishdim", - dedi Federer kortda bergan intervyusida.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar