31 iyu 09:37
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer: Faoliyatimni yakunlayman!
SHveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federer o'zining hozirgi holati haqida xabar berdi.
"Tez orada faoliyatimni yakunlayman. Buni ko'pchilik bilsa ham kerak. Ikki yildan keyin nima bo'lishini bilmayman. SHu boisdan ham mavsum boshlanishi arafasida faqat bir yil uchun reja tuzaman.
Hozir o'zimni yaxshi xis qilyapman. Agar sog'lig'imda shikoyat sezsam, o'sha zahoti faoliyatimga yakun yasayman. Keksalikda ham tennis o'ynashda davom etaman. Faqat o'sha paytda raqiblarim farzandlarim va nabiralarim bo'lishadi", - deya Federerning so'zlarini keltirmoqda Tennis World.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar