20 may 13:49
Yangiliklar
Rojer Federer: "Men hech qachon "Rolan Garros"ni yutolmayman va bunday maqsad ham qo'ymaganman"
"Men juda kam o'ynayapman va o'z darajamni etarlicha baholayman. "Rolan Garros"ni yutish haqida hayolimga ham keltira olmayman. Men shubhasiz Parijda bu unvonni qo'lga kiritmayman va hattoki o'zimga bunday maqsad ham qo'ymaganman. Siz realist bo'lishingiz kerak.
Agar kimdir meni "Rolan Garros"da g'alaba qozonishim mumkin deb o'ylasa, u odam adashadi. Turli xil voqealar sodir bo'ladi, lekin hech qachon 40 yoshli tennischi bir yarim yilni o'tkazib yuborib va keyin shunday titulni qo'lga kiritmagan.
Men uchun mavsum maysali kortda boshlanadi. Hozir shunchaki o'yin o'tkazaman va tiklanishga etibor qarataman. Siz organizmning reakciyasini kuzatib borishingiz va to'g'ri qaror qabul qilishingiz kerak", - deya Federerning so'zlaridan iqtibos keltirgan Tennis Majors.
Fikrlar