18 may 11:00
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer: "Reyting muzlatilishi men uchun foyda bo'ldi, aks holda 800-o'ringa tushib ketishim kerak edi"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer reytingning muzlatilishi tufayli TOP-10 dagi o'rnini saqlab qolganiga fikr bildirdi.
"Balki reyting muzlatilishi mening foydamga bo'ldi. Men juda ko'p musobaqani o'tkazib yubordim. SHu sababli, reytingda 800-o'ringa tushib ketishim kerak edi, ammo TOP-8 da o'z o'rnimni saqlab qoldim.
Albatta, bu qura jihatidan juda yaxshi, lekin aslida u hech narsani o'zgartirmaydi. Agar men 100% tayyor bo'lmasam, baribir yaxshi o'ynay olmayman. Agar men tayyor bo'lsam, 800-o'rindagi poziciyadan ancha yaxshi o'ynayman.
Keling, kelgusi ikki oyda nima bo'lishini kuzatamiz", - deya Federerning so'zlaridan iqtibos keltiradi Tennis Majors.
Havola :
Manba : Tennis Majors
Fikrlar