26 avg 16:00
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer va dizayner Ronni Fig RF² brendli krossovkalar to'plamini chiqarishdi
Jahonning sobiq birinchi raketkasi Rojer Federer va amerikalik dizayner Ronni Fig o'zining Kith brendi bilan hamkorlikda krossovkalar to'plamini - (RF)² chiqarishdi.
Hamkorlik doirasida Federer va Fig ikki o'ramli krossovkalar to'plamini yaratdilar. Federer muallifligida yaratilgan krossovkalar The Roger Clubhouse Mid va The Roger Pro'dir. Birinchisi kundalik hayot uchun mo'ljallangan va 1990 yillarda foydalanilgan tennis poyabzallariga o'xshaydi, ikkinchisi esa tennis o'ynash uchun maxsus mo'ljallangan.
Krossovka qum zarralari bilan qoplangan, bu yoshligida grunt kortda ko'p ishlagan Federer faoliyatining dastlabki bosqichlariga ishoradir.
29 avgustda sotuvga chiqariladigan to'plam 550 dollar turadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar