07 iyu 13:30
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". 17 yoshli Mirra Andreevaning ertagi 1/2 finalda tugadi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida finalchilar aniqlandi.
Musobaqa kashfiyotiga aylangan rossiyalik 17 yoshli Mirra Andreeva 1/2 finalda o'z yurishini to'xtatdi. WTA reytingida 38-o'rinni egallab turgan Andreeva italiyalik Jasmine Paoliniga deyarli qarshiliksiz imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 1/6.
Jasmine bu g'alabasi evaziga finalga chiqish barobarida tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1. Etmish besh daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 1 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Paolini 4 ta breyk qayd etdi.
Paolinining bosh sovrin uchun kechadigan final uchrashuvidagi raqibasi "Rolan Garros" turnirining amaldagi chempioni, dunyoning birinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontek bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar