13 iyu 23:52
Yangiliklar
"Rolan Garros". 251 daqiqa davom etgan Jokovich - Cicipas final bahsi yakunlandi
Biroz avval erkaklar o'rtasidagi Franciya Ochiq chempionatining g'olibi aniqlandi. Hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich ATP reytingida beshinchi pog'onadan joy olib turgan greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqdi va irodali g'alabani tantana qildi.
Dastlabki ikki setni 6/7(6), 2/6 hisoblarida boy bergan serbiyalik tennis yulduzi yakunda ajoyib kambekni amalga oshirdi va ketma-ket uchta setni o'z foydasiga hal qildi - 6/3, 6/2, 6/4. To'rt soatu 11 daqiqa davom etgan finalda 34 yoshli Jokovich 5 ta, 22 yashar Cicipas esa 14 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Novak foydasiga yiriklashdi - 6:3.
SHu tariqa, Novak Jokovich faoliyatidagi o'n to'qqizinchi "Katta Dubulg'a" turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi. "Rolan Garros"dagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 2000 reyting ochkosi hamda 1 million 400 ming evro mukofot pulini taqdim etdi.
Fikrlar